AsosiyJamiyat

​​Toshkentda 14 yoshli qiz selfi qilaman deb uchinchi qavatdan tushib ketdi

'​​Toshkentda 14 yoshli qiz selfi qilaman deb uchinchi qavatdan tushib ketdi'ning rasmi

Kecha, 9 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 14 yoshli maktab o`quvchisi F.T. (qiz) 3-qavatda joylashgan uyining derazasidan pastga tushib ketgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma`lum qilishicha, u oyna oldida mobil telefoni orqali o`zini rasmga (selfi) tushirayotgan vaqtida ehtiyotsizlik qilgan.

Natijada F.T. jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar