Vatan himoyachilari kuni hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi munosabati bilan Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya Davlat bojxona qo`mitasi rahbariyati vakillaridan bir guruhi harbiy orkestr sadolari octida Mustaqillik va ezgulik monumentiga — Baxtiyor ona siymosi poyiga gulchambarlar qo`ydilar.
Shundan so`ng davlatimiz madhiyasi yangradi. Faxriy qorovul vzvodi monument yonidan tantanali marsh sadolari ostida o`tdi.

Vatan himoyachilari Baxtiyor onaga ta`zim bajo keltirishdi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi mas`ul ofiserlari hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari harbiy orkestr sadolari ostida «Vatanga qasamyod» majmuasi poyiga gulchambarlar qo`yishib, ona Vatan himoyachisi ramziga hurmat-ehtirom ko`rsatdi.







