“Taxt o`yinlari”ning muxlislari serialning so`nggi mavsumini intiqlik bilan kutishmoqda, deb xabar bermoqda “Ok!” nashri.
Mazkur serialda ishtirok etgan aktyorlar loyiha nihoyasiga etayoganidan xursand ekanliklarini bildirishmoqda. Jumladan, Kit Xarrington ham.
Jon Snou rolini ijro etgan aktyor sakkiz yil davomida suratga olish jarayonlarida ham jismonan, ham ruhan charchaganini bildirdi.
“Hayotimning mana shu davrini sog`inaman, ammo toqatim toq bo`ldi”, deydi aktyor.
Ammo Kit serialda o`z umr yo`ldoshi Rouz Leslini uchratganidan juda shod.
Serialning final mavsumi aprel oyida namoyish etiladi.






