AsosiySiyosat

7 davlat tashqi ishlar vazirlari Samarqandda uchrashadi

'7 davlat tashqi ishlar vazirlari Samarqandda uchrashadi'ning rasmi

12-13 yanvar kunlari Samarqand shahrida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining Afg`oniston ishtirokida ilk uchrashuvi bo`lib o`tadi.

Unda Hindiston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg`oniston va O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari, Qozog`iston tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari ishtirok etishi kutilmoqda.

3.JPG

Bugun Samarqand temiryo`l vokzalida ular kutib olindi, deb xabar bermoqda O`zA.

5.JPG

6.JPG

Asosiy tadbirlar ertaga, 13 yanvar kuni o`tkaziladi. Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida o`tadigan uchrashuvda davlatlar o`rtasidagi o`zaro savdo hajmini oshirishga ko`maklashish, transport va logistikani rivojlantirish, sanoat, energetika, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmasevtika, qishloq xo`jaligining muhim tarmoqlariga investisiyalar, innovasiya va texnologiyalar jalb qilish bo`yicha hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlari, shuningdek, madaniyat, ilm-fan, ta`lim va turizm sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

9.JPG

Vazirlarning birinchi uchrashuvi yakunlari bo`yicha Qo`shma bayonot qabul qilinishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar