Avstraliyadagi 16 mamlakat elchixonalariga noma`lum shaxs tomonidan o`ta xavfli oq kukun solingan jo`natmalar yuborildi, deya xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.
Mamlakat federal polisiyasi ushbu xabarni rasman tasdiqlagan. Shubhali pochta jo`natmalari Buyuk Britaniya, Germaniya, Gresiya, Misr, Hindiston, Italiya, Indoneziya, Ispaniya, Yangi Zelandiya, Pokiston, AQSh, Turkiya, Fransiya, Shveysariya, Xorvatiya va Janubiy Koreya elchixonalariga kelib tushgan. Polisiya shubhali jo`natmalar qabul qilgan barcha diplomatik vakolatxonalarda mazkur xolat yuzasidan tekshiruv o`tkazmoqda.






