Joriy yilning 6 yanvar kuni Qozog`iston Prezidenti Nursulton Nazarboev mamlakatning 47 nafar fuqarosi Suriyadan eson-omon qaytarilgani haqida bayonot berdi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
Nazarboev topshirig`i bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlari tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 47 nafar fuqaroni, jumladan, 30 nafar go`dakni vatanga qaytarilgan.
Ular aldov yo`li bilan Suriyaga borib qolgani va terrorchilarga asir bo`lganini ta`kidlagan. Ularga davlat tomonidan tegishli ko`mak berilgan va bolalar boshqa davlatda tug`ilganiga qaramay Qozog`iston fuqarosi sanalishi aytilgan.
Ushbu begunoh odamlar davlat tomonidan ko`rsatilgan yordamdan juda ham mamnun va ularga bir oy davomida tibbiy xizmat ko`rasatiladi.






