AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Hindistonga boradi

'Shavkat Mirziyoyev Hindistonga boradi'ning rasmi

O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Hindistondagi Xalqaro investisiya sammitida ishtirok etadi. Bu haqda tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Ilhom Ne`matov chorshanba kuni Xalqaro press-klub majlisida ma`lum qildi.

Ne`matovning so`zlariga ko`ra, sammit 18−20 yanvar kunlari Gujarat shtatida bo`lib o`tadi. Shavkat Mirziyoev 18 yanvar kuni amaliy tashrif bilan boradi. Biznes-forumning asosiy tadbirlari o`sha kuni bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan. Unga davlatlar, xalqaro jamg`armalar va yirik kompaniyalar rahbarlari taklif qilingan.

21−23 yanvar kunlari O`zbekiston prezidenti Germaniyaga rasmiy tashrif bilan boradi, deya qo`shimcha qilgan Ne`matov.

    Boshqa yangiliklar