AsosiyDunyo

Evropada sovuq ob-havo sharoiti kuzatilmoqda

'Evropada sovuq ob-havo sharoiti kuzatilmoqda 'ning rasmi

Shu kunlarda Evropaning bir qator mamlakatlarida sovuq ob-havo sharoiti kuzatilmoqda, deya xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.

Xususan, Germaniya kuchli qor bo`roni ostida. Baden-Vyurtemberg hududida qalin yoqqan qor tufayli bir qator yo`l transport hodisalari sodir bo`ldi. Odamlar o`zlari yo`llarni qordan tozalab, so`ng avtomobilda harakatlanishga majbur bo`lishmoqda. Ushbu holat Avstriyada ham kuzatilmoqda. Chegara hududlarida yuzaga kelgan tirbandlik 20 km.gacha cho`zilgan. Aeroportlarda ayrim reyslar bekor qilingani xabar qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar