Fransiyaning bir qator hududlarida, xususan, poytaxt Parijda “sariq jiletlar” yana o`z harakatini boshladi, deya xabar beromoqda Rambler nashri.
Shahar ko`chalarda qaytadan avj olib borayotgan navbatdagi norozilik namoyishida asosan ayollar ishtirok etishmoqda. Namoyish ishtirokchilari hukumatdan ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bartaraf etilishini talab qilishmoqda. Bu Fransiyada o`tkazilgan "sariq jiletlar" aksiyasining sakkizinchisi hisoblanadi.






