2019 yil o`zbek sporti uchun mas`uliyatli yil hisoblanadi. O`zbekistonlik sportchilar yil davomida Tokio 2020 Olimpiadasiga lisenziya beruvchi musobaqalarda, reyting turnirlarida ishtirok etadilar.
Milliy olimpiya qo`mitasi atletlarimizning xalqaro musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko`rishi yo`lida sport federasiyalari va assosiasiyalari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Ayni paytda Olimpiya yo`nalishidagi ko`plab terma jamoalarimiz o`quv-mashg`ulot yig`inlariga kirishganlar:
O`zbekiston gimnastika federasiyasi – 3-26 yanvar, Toshkent (trampolin)
O`zbekiston og`ir atletika federasiyasi – 10 yanvargacha, Toshkent viloyatidagi og`ir atletika bazasida
O`zbekiston “ROWING & CANOE” federasiyasi – Yanvar oyi oxirigacha, Toshkent dengizida
O`zbekiston o`q otish federasiyasi – 2-30 yanvar, Mudofaa vazirligiga qarashli sport klubida
O`zbekiston boks federasiyasi – 6-20 yanvar, Yangiobod sport bazasida
O`zbekiston dzyudo federasiyasi – 5-12 yanvar, «Yoshlik» sport majmuasida
O`zbekiston karate WKF federasiyasi – 8-22 yanvar, Milliy Paralimpiya assosiasiyasi
O`zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi – 6-24 yanvar, Taekvondo WTF assosiasiyasi
O`zbekiston kamondan otish federasiyasi – 27 yanvargacha, Turkiya, Samsun shahri.






