O`zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, 2019 yil 2 yanvar kuni Yongnam shahrida O`zbekiston fuqarosi Sharofiddin Choriev (29.11.1995 yilda tug`ilgan) DHMC zavodida ishlayotgan chog`ida bosh miya jarohatidan vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sh.Choriev O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi orqali Koreya Respublikasiga borgan. Ayni paytda sud-tibbiyot ekspertizasi bo`yicha ishlar olib borilmoqda.
O`zbekiston elchixonasi tomonidan marhum tanasini vatanga jo`natish uchun o`lim haqidagi guvohnomani rasmiylashtirishda ko`mak ko`rsatildi.






