Hukumat qarori bilan Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun ushbu tashkilotlar rahbarlarini rag`batlanitish to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" telegram kanalida ma`lum qilindi.
Nizomga muvofiq, rag`batlantirish tanlov o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Tanlov quyidagi nominasiyalar bo`yicha o`tkaziladi:
- tashkilotlarning barcha bo`linmalari miqyosida tashkil etilgan sog`lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarini muntazam ravishda o`tkazganligi uchun;
- aholining keng qatlamlari o`rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun.
Tanlovda ishtirok etish uchun tashkilotlar har yili 1 avgustgacha Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
- amalga oshirilgan ishlar bo`yicha ma`lumot, video- va fotolavhalar;
- har bir tanlov ishtirokchilari tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ishtirokchining yozma axboroti.
Ishtirokchilarning amalga oshirgan ishlarini baholash uchun Vazirlikda 5 kishilik ishchi guruh tuziladi.
G`oliblar ishchi guruh tomonidan 10 sentyabrgacha aniqlanadi hamda sertifikat, eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, qimmatbaho sovg`alar, shuningdek “Jismoniy tarbiya va sport a`lochisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlanadi.
Tanlovni o`tkazish quyidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi:







