AsosiyJamiyat

O`zbekistonda transport tizimi bo`yicha yagona elektron portal yaratiladi​

'O`zbekistonda transport tizimi bo`yicha yagona elektron portal yaratiladi​'ning rasmi

Mamlakatimizda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikasiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o`rinlari yaratish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishni ta`minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini ro`yxatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmog`ini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi bunga yaqqol dalildir. Bularning barchasi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targ`ib qilish imkonini berdi. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish maqsadida transport sohasida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. O`zbekistonning barcha hududlarida mavjud transport infratuzilmalari ta`mirlanib, yangi ob`ektlar barpo etilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 5 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoniga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga turli manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda uch oy muddatda davlat-xususiy sherikligi asosida avtobus, avia va temir yo`l reyslarni qulay tarzda bog`lovchi yo`l chiptalarini sotishni nazarda tutuvchi respublika transport tizimining yagona elektron portalini tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Farmonga ko`ra, yangi portal uning ishonchli va oshkora ishlashini ta`minlovchi texnologik “blokcheyn”ga asoslanadi.

    Boshqa yangiliklar