Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi rahbari Alisher Qodirov O`zA muxbirining "Qachon qarsakbozlikdan qutilamiz?" savoliga javob berdi:
– Xalqimiz bag`rikeng, ochiq chehrali, eng muhimi, yaxshilikni biluvchi va minnatdor qalb kechinmalarini ifoda etishni xush ko`radi. Bugun o`z davlat rahbaridan cheksiz hurmat ko`rayotgan, rag`batlantirilayotgan insonlar hissiyotlarini qay ko`rinishda bo`lsa ham bildirishni istaydi. Buning bir yo`li – qarsak.
Ammo haddan ziyod qarsakbozlik doim qoralanadi. Shu nuqtai nazardan, rasmiy yig`ilish, ommaviy yig`in va madaniy tadbirlarda ortiqcha qarsakbozlikka yo`l qo`ymaslik uchun ishtirokchilarning, tomoshabinlarning etik va estetik madaniyatini rivojlantirish maqsadga muvofiq.
Tinglovchilik, muomala, muloqot, munosabat masalalariga bag`ishlangan maxsus risola va qo`llanmalar tayyorlash, ommaviy yig`ilish, rasmiy yig`in va madaniy tadbirlarni tashkil qilish, boshqarish, o`tkazish, ishtirok etish madaniyati bo`yicha maxsus yo`riqnomalar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish joiz.
Davlat rahbari tomonidan o`tkaziladigan muhim yig`inlar oldidan ishtirokchilar uchun qisqa fursatli tushuntirish ishlarini tashkil qilish lozim.
07.01.2019 12:54
Qachon qarsakbozlikdan qutulamiz?






