O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar qiladi.
Qaror bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, vazirlik tizimiga quyidagi yangi tuzilmalar kiritildi:
- malakani baholash markazlari;
- Toshkent va Farg`ona shaharlarida nogironligi bo`lgan shaxslar uchun respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari;
- kasb-hunar kollejlari;
- xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi;
- “Ishga marhamat” band bo`lmagan aholiga xizmat ko`rsatuvchi “Monomarkaz” MChJ;
- O`zbekiston-Malayziya kasb-hunar ta`limi markazi;
- oldindan ko`niktirish va kasbga tayyorlash markazlari.
Bandlikka ko`maklashish markazlari negizida ishga joylashtirish sohasida “bir darcha” prinsipi bo`yicha kompleks xizmatlar ko`rsatuvchi zamonaviy ofislar tashkil etiladi.
Shuningdek, qarorga muvofiq vazirlik ixtiyoridagi 2-Toshkent yuridik kolleji Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji etib qayta ixtisoslashtirildi.






