Xitoy Oliy xalq sudi bog`cha tarbiyalanuvchilariga pichoq bilan hujum qilgan jinoyatchini qatl etishga ruxsat berdi.
2017 yilning yanvar oyi boshida pichoq bilan qurollangan shaxs Xitoyning Pinsyan shahridagi maktabgacha ta`lim muassasasining 11 nafar tarbiyalanuvchisini jarohatlagan edi.
2017 yilning avgustida o`rta darajadagi mahalliy sud aybdorni o`lim jazosiga hukm etgan bo`lgan. Biroq, sudlanuvchi hukm ustidan yuqori instansiyalarga murojaat qiladi. Dekabr oyida Guansi-Chjuan avtonom rayoni Oliy sudi hukmni o`zgarishsiz qoldirib, ishni Xitoy Oliy xalq sudiga jo`natadi. O`z navbatida yuqori instansiya begunoh bolalarga hujum qilishni o`ta shafqatsizlik hisoblab, jinoiy ishni qasddan qotillikni amalga oshirish sifatida tasniflaydi va hukmni yumshatmaydi.
"Birinchi, ikkinchi instansiyalardagi sudlarning qarorlari aniq, taqdim etilgan dalillar to`liq , jazo darajasi to`g`ri aniqlangan. O`lim jazosi qonunga muvofiq tasdiqlangan va uni amalga oshirish bo`yicha order berilgan", - deyilgan sud qarorida.






