AsosiySport

Muattar Nabieva oltin medalni qo`lga kiritdi

'Muattar Nabieva oltin medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Shu kunlarda Misr poytaxti Qohira shahrida og`ir atletika bo`yicha qizlar o`rtasida xalqaro turnir o`tkazilmoqda. Musobaqaning ahamiyatli tomoni shundaki, atletlar ushbu musobaqa orqali Olimpiya o`yinlariga reyting ochkolarini jamg`aradilar. Turnirda yurtimiz sharafini Muattar Nabieva, Kumushxon Fayzullaeva, Dolera Davronova va Tursunoy Jabborovalar himoya qilishmoqda.

Quvonarlisi, bugun turnirda -55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muattar Nabieva dast ko`tarishda 90 kg., siltab ko`tarishda esa 115 kg. toshni o`ziga bo`ysundirdi va oltin medal sohibasiga aylandi.

Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, ertaga o`tkaziladigan bahslarda Kumushxon Fayzullaeva (-64 kg) supachaga ko`tarilsa, 12 dekabr kuni Tursunoy Jabborova (-76 kg) va Dolera Davronova (-87 kg) medallar uchun kurash olib boradi.

    Boshqa yangiliklar