AsosiyJamiyat

"Amirsoy" tog`-chang`i kurortining ochilish marosimi keyingi yilga qoldirildi

'"Amirsoy" tog`-chang`i kurortining ochilish marosimi keyingi yilga qoldirildi  'ning rasmi

O`zbekistondagi birinchi eng yirik “Amirsoy” tog`-chang`i kurortini kelasi yil ochishni taklif qilishmoqda, deb xabar berdi berdi O`zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati.

15 dekabr kuni birinchi bosqich yakunlanib, shu kunning o`zida Amirsoy dam olish maskanining ochilishi rejalashtirilgan edi. Biroq yuzaga kelgan qiyinchiliklar tufayli kurort ochilishi keyinga suriladi. Elektr energiyasini etkazib berish va avtomobil yo`llari qurilishidagi muammolar bunga sabab bo`lgan.

“Xususan, joriy yilning 7 dekabrida qurilishning birinchi bosqichiga muvofiq chang`i kompleksiga olib boradigan yo`lni qurish bo`yicha tayyorgarlik ishlarining 92 foizi yakunlangan”, - deyilgan xabarda.

Loyiha uch bosqichdan iborat – turli darajadagi murakkab tog`-chang`i trassa tarmoqlari, 7 ta dor yo`li, snoubord-parki va yaxmalak maydonchalarini qurish. Loyihaning ilk bosqichi 2 ta dor yo`li qurilishini o`z ichiga oladi.

    Boshqa yangiliklar