AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyati xotin-qizlar qo`mitasiga yangi rais saylandi

'Farg`ona viloyati xotin-qizlar qo`mitasiga yangi rais saylandi'ning rasmi

Bugun, 10 dekabr kuni Farg`ona viloyatida xotin-qizlar qo`mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tdi.

Konferensiya ishida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi raisi T. Norboeva ishtirok etdi.

Konferensiya ishi yakunida shu kungacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Farg`ona viloyat bo`limi rahbari vazifasida faoliyat olib borayotgan Dilafro`z Qosimova viloyat xotin-qizlar qo`mitasining raisi lavozimiga saylandi.

    Boshqa yangiliklar