AsosiyJamiyat

Aktyor va rejissyor Oybek Odilov olamdan o`tdi

'Aktyor va rejissyor Oybek Odilov olamdan o`tdi'ning rasmi

Marhum san`atkor Inog`om Odilovning farzandi - aktyor, rejissyor Oybek Odilov xastalik tufayli bugun olamdan o`tdi. Bu haqda "O`zbekkino" milliy agentligi ma`lum qildi.

Oybek Odilov ilk bor Zulfiqor Musoqovning "Ayol zoti" serialida tomoshabin nazariga tushgan. Rejissyor sifatida "Osmon yaqin" filmini suratga olgan.

Shuningdek, mohir dublyaj aktyori sifatida ham o`ziga xos ovoz sohibi edi.

"Uning yorqin xotirasi hamkasblari, yaqinlari qalbida mangu yashaydi. Sirli tabassumi esa o`zbek kinosining ekranlarida barhayot", - deyiladi "O`zbekkino" xabarida.

"Darakchi" tahririyati jamoasi marhumning oila a`zolariga chuqur ta`ziya bildiradi.

    Boshqa yangiliklar