Toshkent viloyatida ham elektr energiyasi iste`molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda "O`zbekenergo" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Angren shahri hududidagi hisob nuqtalariga jami 53 036 ta elektr hisoblagich hamda hisob nuqtlaridan ma`lumotlarni yig`ish uchun nimstansiya va transformator punktlariga 420 ta konsentratorlar o`rnatilishi ta`minlanadi. Shu kungacha shaharga "Toshelectroapparat" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 15 600 dona zamonaviy elektr hisoblagichlar etkazib berildi.
Ma`lumot uchun, Angren shaharda 50 000 ga yaqin aholi iste`molchilari mavjud bo`lib, shu kungacha 10 000 ga yaqin xonadonga o`rnatish ishlari amalga oshirildi. Ayni paytda elektr hisoblagichlarni o`rnatish ishlari jadal olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, "O`zbekenergo" AJ tomonidan "Obod qishloq" hamda "Obod mahalla" Davlat dasturlari doirasida butun mamlakatimiz bo`ylab rekonstruksiya va modernizasiya ishlari izchil amalga oshirilmoqda.






