Afsonaviy braziliyalik futbol yulduzi Pele Diego Maradona vatandoshi Lionel Messidan zo`rroq ekanini ta`kidladi, deya ma`lum qilmoqda Gazeta.ru nashri.
78 yoshli Pelening aytishicha, tarixdagi eng yaxshi futbolchini tanlash did borasidagi tanlovdir.
“Kimdir Messini tanlashi mumkin, ammo men uchun eng yaxshi futbolchi baribir Maradona bo`lib qolaveradi”, deydi Pele.






