8 dekabr kuni Gollandiyaning Rotterdam shahrida kikboksing bo`yicha uzoq kutilgan GLORY 62 oqshomi bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.
O`z bag`riga 15 000 tomoshabinni sig`diruvchi “Rotterdam Ahoy” arenasida o`tkaziluvchi ushbu turnirda dunyoning superog`ir vazn toifasidagi eng kuchli 8 nafar kikbokschisi ishtirok etadi.
Tarixiy “sakkizlik turniri”da vazni 95 kilogrammdan og`ir bo`lgan fayterlar ringga ko`tariladi. Nokaut tizimidagi ushbu turnir g`olibi 150 000 AQSh dollariga ega bo`ladi. Bir necha yildan beri K-1 superyulduzi gollandiyalik Riko Verxuven aynan mana shu vaznda jahon chempioni bo`lib kelmoqda.
GLORY 62 Rotterdam fayt-karti:
Final: Bout E Winner vs. Bout F Winner
Final oldi jangi, yarim og`ir vazn: Luis Tavares vs. Artur Gorlov
Yarim final, jang F Bout B Winner vs. Bout D Winner
Yarim final, jang E Bout A Winner vs. Bout C Winner
Chorak final, jang D: Guto Inocente vs. Mohamed Abdallah
Chorak final, jang C: Jahfarr Wilnis vs. Tomas Mozny
Chorak final, jang B: Jamal Ben Saddik vs. Junior Tafa
Chorak final, jang A: Benjamin Adegbuyi vs. Arkadiusz Wrzosek







