AsosiyJamiyat

Toshkentda Koreyada ishlamoqchi bo`lganlar uchun til markazi tashkil etildi

'Toshkentda Koreyada ishlamoqchi bo`lganlar uchun til markazi tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi 2-sonli Toshkent yuridik kolleji binosida "Koreys-o`zbek koreys tili markazi"ning rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Qayd etilishicha, ushbu til markazi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi bilan Koreya inson resurslarini rivojlantirish instituti o`rtasida 2018 yil 8 noyabrda tuzilgan hamkorlik Memorandumiga muvofiq Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi va Koreya malakani rivojlantirish instituti hamkorligida tashkil etilgan.

"Bundan ko`zlangan asosiy maqsad Koreya Respublikasida ishlash istagida bo`lgan O`zbekiston fuqarolarini koreys tili va Koreyada eng ko`p talab etiladigan mutaxassisliklar bo`yicha kasblarga o`qitish orqali ularning Koreyada munosib ish topishlariga ko`maklashishdir", - deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, "Koreys-o`zbek koreys tili markazi" singari o`quv markazlari bosqichma-bosqich Farg`ona, Qarshi, Nukus va respublikaning boshqa hududlarida tashkillashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar