AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning rafiqasi Mishel Obamaning “Shakllanish” avtobiografik kitobi 2018 yilning bestselleriga aylandi, deya ma`lum qildi Day.Az nashri.
Kitob AQSh va Kanadada 2 mln.dan ortiq nusxada sotilgan.
Hozirda “Shakllanish” Evropada ham ommalashmoqda.
Kitobda Mishel Obama bolaligi, o`smirligi, AQShning birinchi xonimiga aylangan davrlarini qalamga olgan.






