AsosiySport

Evro-2020. Saralash bosqichiga qur`a tashlandi

'Evro-2020. Saralash bosqichiga qur`a tashlandi'ning rasmi

Bugun Dublin shahrida Evro-2020 saralash bosqichga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Saralash bahslari 2019 yilning 21 mart kuni start oladi. Guruhning so`nggi turi 2019 yilning 19 noyabr kuni bo`lib o`tadi. 10ta guruhda dastlabki ikki o`rinni olgan jami 20ta jamoa final bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritishadi. Yana 4ta yo`llanma sohibi pley-off orqali aniqlanadi.

Evro-2020 final bosqichi 2020 yilda 12 iyundan 12 iyulga qadar Evropaning 12ta shahrida bo`lib o`tadi. Final o`yini Londondagi "Uembli" stadionida o`tkaziladi.

Evro-2020 saralash bosqichi:

"A" guruhi: Angliya, Chexiya, Bolgariya, Chernogoriya, Kosovo.
"B" guruhi: Portugaliya, Ukraina, Serbiya, Litva, Lyuksemburg.
"S" guruhi: Niderlandiya, Germaniya, Shimoliy Irlandiya, Estoniya, Belarus.
"D" guruhi: Shveysariya, Daniya, Irlandiya, Gruziya, Gibraltar.
"E" guruhi: Xorvatiya, Uels, Slovakiya, Vengriya, Ozarbayjon.
"F" guruhi: Ispaniya, Shvesiya, Norvegiya, Ruminiya, Farer orollari, Malta.
"G" guruhi: Polsha, Avstriya, Isroil, Sloveniya, Makedoniya, Latviya.
"H" guruhi: Fransiya, Islandiya, Turkiya, Albaniya, Moldova, Andorra.
"I" guruhi: Belgiya, Rossiya, Shotlandiya, Kipr, Qozog`iston, San-Marino.
"J" guruhi: Italiya, Bosniya va Gersegovina, Finlyandiya, Gresiya, Armaniston, Lixtenshteyn.

    Boshqa yangiliklar