Hukumat qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib beruvchilar bilan o`zaro hamkorlik qilish tartibi to`g`risidagi hamda Iste`molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo`yish tartibi to`g`risidagi nizomlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Unga ko`ra:
Majburiy ijro byurosi elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib beruvchilar bilan bir qatorda ichimlik suv-kanalizasiya xo`jaliklari tashkilotlari bilan ham o`zaro hamkorlik qiladi.
Ichimlik suv-kanalizasiya xo`jaliklari tashkilotlari har oyning 11 sanasidan boshlab har kuni Byuroning tuman (shahar) bo`limlariga suv ta`minoti hamda ko`rsatilgan suv chiqarish xizmatlari uchun qarzdorligi mavjud bo`lgan iste`molchilarning elektron reestrlarini yuboradi.
Iste`molchilarni ichimlik suv va kanalizasiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan uzib qo`yish hamda ularni qayta ulash Byuro yoki Byuroning majburiy talabnomasiga asosan ichimlik suv-kanalizasiya xo`jaliklari tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.






