1 dekabr kuni Buxoro viloyatida joylashgan «Delta Avtogaz» MChJga qarashli AGTKSda yong`in sodir bo`ldi.
Davlat yong`in xavfsizligi xizmatining xabariga ko`ra, joriy yilning 1 dekabr kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Panob MFY Panob qishlog`ida joylashgan «Delta Avtogaz» MChJga qarashli AGTKS (avtomobillarni gaz bilan to`ldirish kompressor stansiyasi)da yong`in sodir bo`lgan.
Yong`in gaz quvurining texnik nosozligi natijasida sizib chiqib ketgan gaz sababli sodir bo`lgan.
Yong`in oqibatida, 5ta kalonkalar, Damas, Matiz va Neksiya rusumli 3ta avtomobillar zararlangan. Yong`inni o`chirishga 5ta yong`in o`chirish ekipaji jalb etilgan.
Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Hozirda yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






