O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi Ilmiy kengashi o`zining kengaytirilgan tarkibdagi yig`ilishini o`tkazdi.
Unda Mudofaa vazirligi markaziy apparati boshqarmalari xodimlari, Qurolli Kuchlar akademiyasining professor o`qituvchilari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oliy va o`rta maxsus ta`lim hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirliklari, O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakillari ishtirok etdi.

Yig`ilishda Qurolli Kuchlar akademiyasi o`quv-tarbiyaviy jarayoni va infratuzilmasini takomillashtirish bo`yicha 2019 yilga mo`ljallangan “Yo`l xaritasi” talablarini barchaga etkazish, akademiya ilmiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy-ilmiy tadqiqotlar samaradorligini hamda professor-o`qituvchilar tarkibining uslubiy mahoratini yanada oshirishga qaratilgan masalalar ko`rib chiqildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, o`rtaga tashlangan savollar akademiya boshlig`ining o`rinbosarlari, boshqa mas`ul shaxslar bilan birgalikda muhokama qilingan.
Ilmiy kengash yig`ilishining yakunida harbiy-ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, professor-o`qituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini zamonaviy talablarga moslashtirish, “Yo`l xaritasi”da ko`rsatilgan vazifalarni o`z vaqtida va sifatli bajarish belgilab olindi.






