O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida qator lavozim tayinlovlari ro`y berdi. Bu haqda IIV saytida xabar qilingan.
Xususan, quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:

podpolkovnik Rustam Komilevich Eshimbetov – Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig`i lavozimiga;

podpolkovnik Rahmonali Esajonovich Musaev – Farg`ona viloyati Oltiariq tumani Ichki ishlar bo`limi boshlig`i lavozimiga.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Ichki ishlar vazirligida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirilgani xabar berilgandi.






