Joriy yilning 26 noyabridan 30 noyabriga qadar adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi vazirlik va O`zbekiston Bosh prokuraturasi vakillaridan iborat qo`shma delegasiya BMT Taraqqiyot dasturining «O`zbekistondagi samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurash»loyihasi doirasida Singapur va Koreyaga Respublikasida bo`ldi.
Joriy yilning 29-30 noyabr kunlari delegasiya vakillari Koreyaga Respublikasida yuqori darajali qator uchrashuvlarni o`tkazdi.
Maqsad- jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash bo`yicha ijtimoiy sohani yanada isloh qilish, chora-tadbirlar samaradorligini oshirish uchun xorij, xususan, Koreya Respublikasi tajribasini o`rganishdan iborat.
Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari bo`yicha komissiya rahbariyati bilan bo`lgan uchrashuvda davlat organlarida korrupsion holatini baholashning dolzarb jihatlari, uning alohida davlat tuzilmasi faoliyatigava umumanmamlakat kelajagiga ta`siri muhokama qilindi.Korrupsiyaga qarshi kurashish, profilaktik chora-tadbirlar va targ`ibot qilish, qonunchilik bazasini mustahkamlash, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni, huquqiy madaniyatni shakllantirishning muhimligi qayd etildi.
Koreya RespublikaKorsi Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari bo`yicha komissiyasi raisi Pak In Chjon xonim ushbu yo`nalishda O`zbekistonning davlat organlari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Tashrif doirasida delegasiya a`zolari Komissiya faoliyati bilan, ya`ni fuqarolar arizalarini qabul qilish jarayonini amalda kuzatib, Komissiya ishining texnologik imkoniyatlari va usullari bilan yaqindan tanishdilar.






