AsosiyDunyo

Dunyodagi eng semiz o`smir bir sentnerga ozdi

'Dunyodagi eng semiz o`smir bir sentnerga ozdi 'ning rasmi

Dunyodagi eng semiz o`smir bir sentnerga ozdi, deb xabar qilmoqda Daily Mail nashri.

Dehlilik Mixir Jain (Mihir Jain) yuz kilo vazn tashlab, kinoteatrga bordi. Bungacha u oromkursidan ham turolmasdi.

14 yoshli Jainning vazni 237 kilo edi. Shu yilning aprel oyida u oshqozonidagi yara tufayli operasiya qilinadi. Shundan keyin u sog`lom turmush tarziga o`tadi.

Jain Marvel komikslarini yaxshi ko`rgani uchun “Venom” filmini tomosha qilish uchun o`zi mustaqil ravishda kinoteatrga borgan.

Hozirda Jain o`zini yaxshi his etmoqda.

    Boshqa yangiliklar