Tailandda pensionerning uyida uzoq yil yashagan piton qo`lga tushdi, deya xabar qilmoqda Newsflare nashri.
Chachengsau provinsiyasida istiqomat qiluvchi 65 yoshli Ruang Peung (Ruang Peung) o`z uyida kattakon ilonni ko`rib qoladi va o`sha zahoti favqulodda holatlar xizmatiga qo`ng`iroq qiladi. Mutaxassislar bir soatdan ortiq vaqt davomida ilonni qafasga tiqishga urinishdi.
Ma`lum bo`lishicha, piton uzoq yillar cholning uyida yashab, xonadon mushuklarini eb, kun ko`rgan.






