AsosiyJamiyat

Butun dunyoda OITS bilan bog`liq o`lim ikki baravarga kamaydi

'Butun dunyoda OITS bilan bog`liq o`lim ikki baravarga kamaydi'ning rasmi

1 dekabr – Butun jahon OITSga qarshi kurash kuni. Butun dunyo xalqlari OITSga qarshi kurash kunini nishonlaydi.

"Ushbu kunda biz jahon bo`ylab bunday qo`rqinchli kasallik tufayli vafot etgan qariyb 39 million kishini va ularning ortida qolgan g`amgusor oilalarini yodga olamiz. Biz OIV virusi bilan og`rigan o`n millionlab odamlarning og`riqlariga e`tibor qaratamiz. OITS shunday bir qotilki, u na jins, na irq, na millat va na chegara biladi. Ilk bor 1981 yili aniqlanganidan buyon, u dunyodagi har bir mamlakatni chuqur qayg`uga botirib, yo`qotishlarga olib keldi. Mening Vatanimda bu kasallik yarim milliondan ortiq kishining umriga zomin bo`ldi. YuNEYDS hisobotiga ko`ra, 2017 yilda O`zbekistonda taxminan 1900 kishi shu kasallik tufayli vafot etgan. OITS jahon miqyosidagi ofat ekan, unga qarshi samarali kurashish uchun xalqaro hamkorlik katta ahamiyat kasb etadi», - deyiladi AQShning O`zbekistondagi elchixonasi e`lon qilgan maqolada.

Mutaxassisning qayd etishicha, Amerika Qo`shma Shtatlari O`zbekistonda bu halokatli kasallikka qarshi 2001 yildan buyon mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan birga kurashib kelmoqda, buning natijasida ko`plab kishilar hayotini saqlab qolingan. Qo`shma dasturlar tufayli O`zbekistondagi ko`plab kishilar bu kasallikni o`z vaqtida aniqlash, sifatli parvarish, hayotiy zarur antiretrovirus davolanish hamda o`z jamoalaridan ijtimoiy ko`mak olishga muvaffaq bo`lgan. Birgina 2017 yili O`zbekistondagi 20 000 dan ortiq kishi Qo`shma Shtatlar asosiy hamkor sanalgan Global jamg`arma mexanizmi orqali antiretrovirus davolanish imkoniga ega bo`ldi.

YuNEYDS ma`lumotiga ko`ra, 2004 yildagi eng yuqori ko`rsatkichdan buyon, butun dunyoda OITS bilan bog`liq o`lim ikki baravarga kamaydi. 1996 yildan esa yangi OIV infeksiyalar 47 foizga qisqardi.

    Boshqa yangiliklar