Joriy yilning 26-30 noyabr kunlari O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va hamkor tashkilotlar tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani xotin-qizlarining innovasion tadbirkorlik haftaligi o`tkazilda.
Haftalik doirasida o`tkazilgan tadbirlarda o`z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo`layotgan, tumanning 54 ta mahallasida istiqomat qiluvchi 500 nafardan ziyod ishsiz, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan xotin-qizlar jalb qilindi.
Haftalik doirasida 29-30 noyabr kunlari Toshkent shahridagi "Inxa" universitetida Mirzo Ulug`bek tumani xotin-qizlarining innovasion yarmarkasi tashkil etildi. Unda tumanning 900 nafardan ziyod xotin-qizlari innovasion yarmarkada ishtirok etayotgan tadbirkor va hunarmand ayollarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`lishdi.
Tadbirda 29 nafar hunarmand, 24 nafar tadbirkor xotin-qizlar o`zlarining yo`nalishlari bo`yicha mahorat darslari o`tib berishdi. Haftalikda faol ishtirok etib mahorat darslari o`tgan hunarmand xotin-qizlarga O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg`alar topshirildi.






