FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentning "Lokomotiv" klubini O`zbekiston chempionligini qo`lga kiritgani bilan tabriklab, maktub yubordi.
Maktubda, jumladan, shunday deyiladi:
"Toshkentning PFK "Lokomotiv" klubi ketma-ket uchinchi marta mamlakat chempionligini qo`lga kiritgani munosabati bilan o`z tabrigimni yo`llashdan benihoya mamnunman.
Mazkur chempionlikka o`z hissasini qo`shgan, katta hajmdagi mehnatni amalga oshirgan klubning barcha xodimlarini ham yuksak natija bilan tabriklab qolaman.
O`zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtingizda futbol rivoji uchun amalga oshirilayotgan ko`plab islohotlar, chora-tadbirlar va sa`y-harakatlar futbol jamoatchiligini xursand qilmoqda.
Mazkur islohotlarni amalga oshirishda Sizlarga muvaffaqiyatlar tilab qolaman!"
Janni Infantino, FIFA prezidenti.






