O`zbekiston matbuot va axborot agentligining mamlakat futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikda jurnalistlar va nashriyot xodimlari o`rtasida o`tkazayotgan mini-futbol musobaqasini agentligimiz jamoasi g`alaba bilan boshladi
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari hamda nashriyot xodimlari o`rtasida tashkil etilgan turnirda avval xabar berganimizdek, 24ta jamoa ishtirok etmoqda. 6 ta guruhga bo`lingan jamoalar bugun O`FAning sun`iy maydonida bahslarga kirishdi.

Musobaqaning ochilish marosimida O`zbekiston matbuot va axborot agentligi, O`FA hamda taniqli va tajribali jurnalistlar so`z olishib, turnir qalam ahli vakillari orasida o`zaro do`stlik rishtalarini mustahkamlashga, sog`lom turmush tarzini targ`ibot qilishga xizmat qilishini ta`kidlashdi va barchaga omad tilashdi.

Turnirning dastlabki kunida quyidagi natijalar qayd etildi:
“A” guruhi
“Xalq so`zi” gazetasi - Zoʻr TV – 1:5
G`afur G`ulom nashriyoti - O`zbekiston milliy ensiklopediyasi – 4:0
“V” guruhi
“O`zbekiston” nashriyoti - Uzreport telekanali – 16:0
Cho`lpon nashriyoti - “Yoshlar ovozi” gazetasi - 0:7
“S” guruhi
“Sharq” NMAK - “Turon 24” axborot agentligi – 3:0
“Tasvir” nashriyoti - Toshkent viloyati matbuot boshqarmasi - -:+
“D” guruhi
O`zbekiston matbuot va axborot agentligi - “O`qituvchi” nashriyoti – 1:3
“Movarounnahr” nashriyoti - O`zbekiston milliy axborot agentligi – 0:2
“E” guruhi
Respublika monitoring markazi - “Mahalla” gazetasi – 3:1
O`zbekiston milliy kutubxonasi - www.kun.uz sayti – 0:4
“G`” guruhi
“Ma`rifat” gazetasi - “Madaniyat va ma`rifat” telekanali – 2:3
“Nuroniy” noshirlik uyi - O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi terma jamoasi – 0:5.
Nizomga ko`ra o`z guruhlarining g`oliblari hamda 2-o`rin sohiblari orasida eng yaxshi ko`rsatkichga ega ikkita jamoa pley-off bosqichida kurashni davom ettirishadi.

G`olib jamoa oltin medal, diplom, kitoblar to`plami hamda 10 million so`m bilan taqdirlanadi. Ikkinchi va uchinchi o`rin sohiblari ham kumush va bronza medallari, kitoblar to`plamlari hamda sakkiz va olti million so`m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, musobaqa tashkilotchilari tomonidan turnirda eng yaxshi deb topilgan darvozabon, himoyachi va hujumchiga ham maxsus sovg`alar taqdim etilishi rejalashtirilgan.


















