AsosiyJamiyat

O`zbekenergo: 7 milliondan ortiq iste`molchilar 2021 yil yakunigacha avtomatlashtirilgan tizimga to`liq ulanadi

'O`zbekenergo: 7 milliondan ortiq iste`molchilar 2021 yil yakunigacha avtomatlashtirilgan tizimga to`liq ulanadi'ning rasmi

O`zbekiston respublikasi prezidenti tomonidan 2018 yil 23 oktyabrda imzolangan “Elektr energetikasi tarmog`ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan 7 milliondan ortiq iste`molchilarning barchasi elektr energiyasi iste`molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadi. Bu haqida “O`zbekenergo”Aksionerlik jamiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2021 yil yakuniga qadar elektr energiyasi iste`molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi qamrovini abonentlar umumiy sonining 100 foizigacha etkazilishi belgilangan.

Avtomatlashtirilgan tizim iste`molchi bilan ta`minotchi o`rtasida aniq hisob-kitob yo`lga qo`yish orqali ishlaydi. Ya`ni, iste`molchi o`zining hisobi (balansi) holati bo`yicha doimiy xabardor etib boriladi. Bordi-yu, qarzdorligi mavjud iste`molchi bo`lsa, unda u tizimdan o`chiriladi. To`lovni vaqtida amalga oshiradigan iste`molchilarga esa uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi etkazib berilishi to`liq ta`minlanadi. Bundan tashqari, iste`molchilarga etkazib berilayotgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo`yicha hisob-kitob qilish imkoniyati ham yuzaga keladi.

    Boshqa yangiliklar