Avstriya polisiyasi fransiyalik rassom Ogyust Renuar ijodiga oid suratni o`g`irlashda gumon qilib, 3 nafar shaxsni qidirmoqda, deb xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Gap shundaki, Doroteum kimoshdi savdo uyida qiymati 160 ming evroga teng surat g`oyib bo`lgan. Binodagi kuzatuv kameralari esa 3 erkakni tasvirga olgan. Ularning hatti-harakatlari polisiyaga shubhali tuyulmoqda. Hozirda ularning shaxsini aniqlash jarayoni boshlangan.






