Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan Bo`rontepa arxeologik yodgorligida yangi ekoturistik yo`nalish – “Oazis Safari” tashkil etildi, deya xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi axborot xizmati.
Mazkur maskan cho`l hududida joylashganligiga qaramasdan, barcha sayyohlar tomonidan ijobiy baholanmoqda. O`z zamonasida “Buyuk Ipak yo`li” karvonlari savdo-sotiq ishlari tufayli shu erdan o`tishgan va bu er aholi turar joylariga aylangan.
Bugun esa ushbu sayyohlik yo`nalishi hali ham qum orasida, qadimgi davr buyumlari qoldiqlarini o`z bag`rida saqlab kelayotgan katta arxeologik tepalikdir.

Erdan 3 metr pastlikda joylashgan er osti yo`li orqali kiriladigan hamda limon, mandarin, pomidor, bodring kabi sitrus meva-sabzavotlar etishtirilayotgan kattagina issiqxona va sayyohlar uchun dam olish joylaridan iborat.
O`ylaymizki, “Oazis Safari” barcha sayohatchilarni g`aroyibotlarga boy olami bilan xursand qila oladi.









