Bugun Xorazm viloyati Urganch tumanida 10 nafar ayolga yangi kurilgan uylarning kalitlari topshirildi.
Uylar ijtimoiy ximoyaga muxtoj, nogironligi bo`lgan, farzandlarini to`liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilamokchi bulgan onalarga topshirildi.
Bundan tashqari ayollarga esdalik sifatida maishiy texnika vositalari sovg`a qilindi.
Aytish joizki, 2018 yilning o`tgan davri mobaynida Xorazm viloyatida 221 nafar ayol o`zining doimiy yashash joyiga ega bo`ldi.






