Joriy yilning 19 — 28 noyabr kunlari Andijon viloyat adliya boshqarmasi va viloyatdagi notarial idoralar faoliyati vazirlik ishchi guruhi tomonidan kompleks ravishda o`rganildi.
O`rganish ishlari natijalari bo`yicha aniqlangan holatlar va faoliyatda yo`l qo`yilgan kamchiliklar hay`at majlisida atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash, moliya-iqtisod yo`nalishi, kadrlarni joy-joyiga qo`yish va yuridik xizmat faoliyati, shuningdek, notarial harakatlarni rasmiylashtirish bo`yicha qo`pol xato va kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi qayd etildi.
"Majlisda 7 nafar xodimga “hayfsan” va 6 nafar xodimga “jarima” kabi intizomiy jazo choralari qo`llanildi. 2 nafar xodim kelgusidagi ish faoliyati davomida xato va kamchiliklarga yo`l qo`ygan taqdirda ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qo`llanilishi haqida rasman ogohlantirildi", - deyiladi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabarida.






