AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev «Nihol» innovasion maktabiga tashrif buyurdi

'Shavkat Mirziyoyev «Nihol» innovasion maktabiga tashrif buyurdi  'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni Urganch shahridagi «Nihol» innovasion maktabini borib ko`rdi, deb xabar berdi davlat rahbarining matbuot xizmati.

Joriy yil sentyabr oyida faoliyat boshlagan ushbu nodavlat ta`lim muassasasi boshlang`ich sinf o`quvchilariga mental arifmetika, ingliz va rus tillarini chuqurlashtirilgan tarzda o`rgatishga ixtisoslashgan. O`quvchilarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida shaxmat to`garagi tashkil etilgan. Maktabga tayyorlov guruhlari ham yo`lga qo`yilgan.

Maktabda 19 ta fan xonasi, kutubxona, oshxona, sport zali, o`qituvchilar va hamshira xonalari, faollar zali mavjud.

Hozirda innovasion maktab 250 o`ringa mo`ljallangan. Ehtiyojdan kelib chiqib yana 500 o`rinli yangi o`quv binosi barpo etish rejalashtirilgan. Unda bolalar o`qishni yuqori sinflarda ham davom ettirib, bilimini mustahkamlab boradi.

Davlatimiz rahbari o`qituvchilar faqat dars berish bilan shug`ullanmasdan bolalarning dunyoqarishini o`stirishi, mantiqiy fikrlashga o`rgatishi, ularning ruhiyatiga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishi zarurligini ta`kidladi.

Maktabga avtobus va o`quvchilarga planshetlar sovg`a qilish bo`yicha topshiriq berdi.

    Boshqa yangiliklar