AsosiyJamiyat

Toshkentda soxta tadbirkorlar aniqlanib, jinoiy ish qo`zg`atildi

'Toshkentda soxta tadbirkorlar aniqlanib, jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Toshkentda soxta hujjatlar asosida bojxona to`lovlarian imtiyozlardan foydalangan tashkilotlar aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qo`mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Yakkasaroy tumanida ro`yxatdan o`tgan MChJ mansabdor shaxslari, jamiyatning ishlab chiqarish sexi mavjud bo`lmasada, go`yoki 25 nafar ishchi faoliyat yuritayotgani va 20 dona tikuv dastgohlari mavjudligi haqidagi soxta ma`lumotlar asosida “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasiga a`zo bo`lib, bojxona organlariga uyushmaga a`zoligi haqidagi hujjatlarni taqdim etish orqali xorijiy davlatdan import qilingan tovarlar bo`yicha bojxona to`lovlaridan 553 mln so`mlik imtiyoz olishgan.

Tekshirishda jamiyat mansabdor shaxslari import qilingan tovarlarni ishlab chiqarishga yo`naltirmasdan, naqd pulga sotib yuborishgani aniqlandi.

Xuddi shu usulda, “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasiga soxta hujjatlar asosida a`zo bo`lish orqali import qilingan matolarni ishlab chiqarishga sarflamasdan, ichki bozorda naqd pulga sotish bilan shug`ullanib, 682 mln so`mlik bojxona to`lovlari bo`yicha imtiyozdan qonunga zid foydalangan Shayxontohur tumanidagi MChJ faoliyati ham fosh etildi.

Yuqoridagi har ikki jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov organlariga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar