AsosiyJamiyat

Termizda yiliga 50 ming dona televizor ishlab chiqaradigan korxona qurilmoqda

'Termizda yiliga 50 ming dona televizor ishlab chiqaradigan korxona qurilmoqda'ning rasmi

Termiz shahrida loyiha qiymati 19,8 million AQSh dollariga teng bo`lgan, televizor hamda tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxona qad rostlamoqda. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

"Termiz kanselyariya mollari" MChJga tegishli mazkur ishlab chiqarish ob`ektida kelgusida 1100 dan ortiq yangi ish o`rni yaratiladi va yiliga 50 000 dona televizor, 6,75 million dona tekstil mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Korxona uch yil ichida tashqi bozorga eksport hajmini 35 million dollarga etkazishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar