Prezidentning 27.11.2018 yildagi «O`zbekiston Respublikasining fuqaro aviasiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmonida boshqalar qatori yaqin istiqboldagi rejalar qayd etilgan:
- transport tarmog`ini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solishga oid barcha kompleks masalalar uchun javob beradigan Transport vazirligini tashkil etish yuzasidan taklif kiritish (15.01.2019 yilgacha);
- qo`shimcha kompaniyalarning, shu jumladan, kam byudjetli aviakompaniyalar (loukosterlar) va tijorat aviasiyasi xizmatlarini ko`rsatadigan korxonalar faoliyati uchun qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni jalb qilgan holda qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish (1.06.2019 yilgacha);
- 2019–2030 yillarda aviasiya transporti sohasini isloh qilish va aeroportlarni rivojlantirishga xususiy, shu jumladan, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish bo`yicha «Yo`l xaritasi»ni tasdiqlash (1.05.2019 yilgacha);
- davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalar amalga oshiriladigan aeroport yoki aeroportlar guruhini aniqlash (1.04.2019 yilgacha) hamda ularni amalga oshirish uchun tanlovlar o`tkazish (1.01.2020 yilgacha);
- ilg`or xorijiy tajribani o`rganish, shu jumladan, ishlab chiqaruvchilar sertifikatlarini tan olishni hisobga olgan holda havo kemalari va aviadvigatellarga texnik xizmat ko`rsatish hamda ularni ta`mirlash uchun olib kiriladigan butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, detallarni sertifikatlash tartibini soddalashtirish (ikki oy muddatda);
- sirtqi ta`lim olgan fuqaro aviasiyasi mutaxassislarining ma`lumoti to`g`risidagi hujjatlarni nostrifikasiya qilishga ruxsat berish (ikki oy muddatda).






