AsosiyJamiyat

Xorazm viloyatiga hokim tayinlandi

'Xorazm viloyatiga hokim tayinlandi'ning rasmi

Bugun, 30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tavsiyasiga binoan Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

F. Ermanov 1958 yilda tug`ilgan. Ilgari Qoraqalpog`iston Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vaziri, Beruniy tumani hokimi lavozimlarida ishlagan. Keyingi etti oyda u Xorazm viloyati hokimi vazifalarini bajarishda sinovdan o`tgan. Xalq deputatlari kengashining partiyalar guruhlari bilan o`tkazilgan maslahatlashuvlarda ham Farhod Ermanov nomzodi qo`llab-quvvatlangan.

Avvalroq Xorazm viloyati hokimining birinchi o`rinbosari, viloyat prokurori, ichki ishlar va soliq boshqarmalari boshliqlari vazifalariga ham yangi rahbarlar tayinlangan edi.

Prezidentimiz viloyat rahbarlari Xorazm xalqi bilan bir tanu bir jon bo`lib, bugun belgilab berilgan vazifalarni to`la bajarishi, iqtisodiyotni rivojlantirish va odamlar hayotini yaxshilash bo`yicha kutilgan natijalarga erishishi zarurligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar