Germaniya kansleri Angela Merkel Buenos-Ayresga Katta yigirmatalik sammitida qatnashish uchun uchayotgan vaqtda "Airbus Konrad Adenauer" samolyoti parvoz davomida nosozlik kuzatilgani uchun Kyolnga qo`ndi.
"Merkel Katta yigirmatalik sammitining birinchi kunini o`tkazib yuboradi", - deyiladi TASS xabarida.
Sammitning birinchi kunida kanslerning Argentina Prezidenti Makri bilan uchrashuvi rejalashtirilgandi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, xavo layneridagi ayrim elementlarning elektr ta`minotini etkazib berishida nosozlik ro`y bergan. Shuning uchun samolyot Kyolndamajburiy qo`ndirilgan. Samolyotni o`t uchiruvchi mashinalar kutib olgan.
Ta`kidlanishicha, Merkel Buenos-Ayresga parvozini 30 noyabr ertalab davom ettiradi.
Ma`lumot uchun, bugun Argentinaning poytaxti Buenos-Ayresda Katta yigirmatalik sammitining ochilish marosimi bo`lib o`tadi. 1 dekabr kuni esa sammit o`z ishini yakunlaydi. Unda asosan iqtisodiy masalalarga urg`u berilishi ko`zda tutilgan.
Bu Germaniya hukumat laynerlari bilan yuz bergan birinchi holat emas. O`tgan yilning mart oyida ham Merkel Misrga parvoz qilayotgan vaqtda, reys texnik nosozlik sabab bekor qilingan.






