Sudlanuvchi A.Minojidinov transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo`lmasada, 2018 yil 15 iyun kuni M.Egamberdievga tegishli “Kobalt” rusumli 40E 454OA davlat raqamli transport vositasini hech qanday hujjatlarsiz, “4R-148”-sonli Oltiariq-Vodil avtomobil yo`lining Farg`ona tumani hududidan o`tgan 71-kilometrida Vodil yo`nalishi bo`ylab boshqarib ketayotib, “Yo`l-harakati qoidalari”ning 2, 53, 70, 77, 82-bandlar, talablarini qo`pol ravishda buzib, o`ziga nisbatan qarama-qarshi yo`nalishga o`tib, Oltiariq yo`nalishi bo`ylab harakatlanib ketayotgan X.Turdimatov boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli 40L 680FA davlat raqamli tarnsport vositasi bilan to`qnashuv sodir etgan.
Natijada “Kobalt” rusumli transport vositasi yo`lovchilari M.Minojiddinova, N.Nosirova va voyaga etmagan M.Abduvalieva, “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi X.Turdimatov vafot etishgan, shuningdek, “Lasetti” rusumli transport vositasi yo`lovchilari voyaga etmagan O.Abduxalilov va M.Abduxalilova turli darajada tan jaroxati olishgan.
Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona tuman sudi raisi F.Abduraimov tomonidan sayyor sud majlisida ko`rib chiqilib, sudlanuvchi A.Minojiddinovga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 266-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan Jinoyat kodeksi 45,57-moddalarini qo`llab, 3 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilib,yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sud tmonidan A.Minojiddinovga nisbatan jazo tayinlashda uning aybiga to`liq iqror va qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi, jabrlanuvchining qonuniy vakillari Abduxalil Minojidinov, A.Nishonov, M.A`zamov, A.Turdimatovlarning da`vosi yo`qligi, ularning engillik berish haqidagi talablari, oilaviy sharoiti, yoshligi, yashash joyidan ijobiy tavsiflanishi, yo`l-transport hodisasida o`zi ham tan jarohati olganligi hamda boshqa holatlar jazoni engillashtiruvchi holatlar sifatida baholandi.






