Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga ko`p martalik kirish-chiqish vizalarini endilikda 3 yilgacha muddatda rasmiylashtirish mumkin.
Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.
Kiritilgan qo`shimchalarga muvofiq, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga ko`p martalik kirish-chiqish vizalarini endilikda 3 yilgacha muddatda rasmiylashtirish mumkin.
Bunda viza uchun 300 AQSh dollari miqdorida to`lov undiriladi. Ilgari ushbu vizalarni uzog`i bilan bir yilgacha bo`lgan muddatga rasmiylashtiriish mumkin bo`lgan.
Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat ro`yxatidan o`zi borib o`tkazganlik uchun davlat boji eng kam oylik ish haqining o`n baravari etib belgilandi (ilgari bu uchun eng kam oylik ish haqining o`ttiz ikki baravari miqdorida pul undirilgan).






